Xalq artisti Ortiq Otajonov tanbur bilan

Ortiq Otajonov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlanadi

San'atga baxshida umr

Xonandalar o'rtasidagi respublika onlayn ko'rik-tanlovi

  • Ariza qabuli 2026-yil 25-dekabrgacha
  • Gala konsert — 24-yanvar, Toshkent

Tashkilotchi va hamkorlar

  • O'zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo'linmasi
  • Xorazm viloyati hokimligi
  • Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi
  • «Xalqlar do'stligi» saroyi

Tanlov haqida

Ustoz merosini yangi avlodga yetkazish

O'zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, taniqli xonanda va bastakor Ortiq Otajonov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan «San'atga baxshida umr» respublika onlayn ko'rik-tanlovi O'zbekiston Davlat filarmoniyasining Xorazm viloyat bo'linmasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Tanlovning asosiy maqsadi — Ortiq Otajonovning boy ijodiy merosini o'rganish va keng targ'ib qilish, milliy qo'shiqchilik va estrada san'ati an'analarini davom ettirish hamda raqamli texnologiyalar yordamida respublikaning eng chekka hududlaridagi iqtidorli ijrochilarni aniqlash, rag'batlantirish va keng jamoatchilikka tanitishdir.

Tanlovda respublikaning barcha hududlaridan, shuningdek chet eldan turib ishtirok etish mumkin. G'oliblar 2027-yil 24-yanvarda Toshkentdagi «Xalqlar do'stligi» saroyida o'tadigan tantanali gala konsertda taqdirlanadi.

  • 4 ta asosiy sovrinli o'rin
  • 4 ta maxsus nominatsiya

Ariza qabuli yakunlanishiga

Vaqtni boy bermang

Arizalar 2026-yil 25-dekabrgacha qabul qilinadi

-- kun
-- soat
-- daqiqa
-- soniya

Bosqichlar

Tanlov qanday o'tadi

  1. Hududiy onlayn saralash

    Ishtirokchilar onlayn ariza va videochiqishlarini yuboradi. Filarmoniyaning hududiy bo'linmalari va Mustaqil ekspert guruhi ularni baholab, har bir hududdan eng yuqori ball to'plaganlarni keyingi bosqichga o'tkazadi.

  2. Respublika onlayn saralashi

    Hakamlar hay'ati saralangan ijrolarni vokal va ovoz imkoniyatlari, ijro mahorati, sahna madaniyati hamda milliy ijrochilik uslubiga rioya etish mezonlari bo'yicha masofaviy baholab, finalchilarni aniqlaydi.

  3. Final va taqdirlash

    Finalchilarning videolari tanlovning Instagram, Facebook va YouTube sahifalariga joylanadi. Tomoshabinlar reaksiyalari (layklar) hakamlar bahosi bilan birga hisobga olinadi. G'oliblar 2027-yil 24-yanvarda «Xalqlar do'stligi» saroyidagi gala-konsertda e'lon qilinadi.

Hakamlar hay'ati

Ijrolarni kim baholaydi

Tanlov ishtirokchilarini taniqli san'at arboblari va tajribali ijrochilar baholaydi.

  • Og'abek Sobirov

    «Lazgi» ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, Tojikiston xalq hofizi

  • Nurillo Jumaniyozov

    Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist

  • Zokir Otajonov

    Xonanda

  • Roshel Rubinov

    Shoir, xonanda

  • Karim Rahmon

    «Lazgi» ashula va raqs ansambli musiqa rahbari, Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist

  • Bobur Bobomurod

    O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoir

  • Shavkat Matyoqubov

    Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti dotsenti, xonanda

Talablar

Ishtirok etish shartlari

Ariza ko'rib chiqilishi uchun quyidagi to'rtta shartning barchasi bajarilgan bo'lishi kerak

  • Jonli ijro

    Ijro jonli ovozda bo'lishi shart. Fonogrammadan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.

  • Montajsiz yozuv

    Har bir asar bir dubl bilan, uzluksiz yozib olinishi kerak. Montaj va qirqimlar taqiqlanadi.

  • 3–15 daqiqa

    Har bir asar ijrosining davomiyligi 3 daqiqadan 15 daqiqagacha bo'lishi lozim.

  • Yosh chegarasi yo'q

    Tanlovda yoshidan qat'i nazar, professional va havaskor xonandalarning barchasi ishtirok etishi mumkin.

Baholash mezonlari

100 ballik tizim

  • Vokal va ovoz imkoniyatlari Diapazon, ovozning tiniqligi 25 ball
  • Ijro mahorati 25 ball
  • Sahna madaniyati va libosi 25 ball
  • Milliy ijrochilik uslubiga rioya etish 25 ball

Jami 100 ball

Ariza

Ariza topshirish

Barcha maydonlarni to'ldiring va asar ijrosi videosini yuklang. Ariza qabul qilingani haqida telefon orqali xabar beramiz.

Ishtirokchi ma'lumotlari

Familiya, ism va sharifingizni to'liq kiriting

Yoshingizni to'g'ri kiriting

Hududni tanlang

Telefon raqamni to'liq kiriting

Ijro etiladigan asar

Asar nomini kiriting

MP4 yoki MOV formatda, hajmi 2 GB gacha

MP4 yoki MOV formatdagi, 2 GB dan oshmaydigan video tanlang

Yuborish tugmasini bosish orqali siz ma'lumotlaringiz tanlov doirasida qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Tanlovda yosh chegarasi yo'q. Kasbiy faoliyati va fuqaroligidan qat'i nazar, O'zbekistonda va undan tashqarida yashovchi professional xonandalar, havaskorlar, san'at maktablari va kollejlar o'quvchilari, oliy ta'lim muassasalari talabalari hamda ijodiy jamoalar a'zolari ishtirok etishi mumkin.

Video jonli ovozda va bir dubl bilan yozib olinishi kerak. Montaj hamda fonogrammadan foydalanish taqiqlanadi. Asar ijrosi 3 daqiqadan 15 daqiqagacha davom etishi lozim.

Birinchi bosqichda bitta asar ijrosining videosi (MP4 yoki MOV, 2 GB gacha) ariza formasida yuklanadi. Keyingi bosqichga o'tgan ishtirokchilar esa ikkita asar ijrosini taqdim etadi: biri Ortiq Otajonov repertuaridan, ikkinchisi milliy qo'shiqchilik yoki estrada yo'nalishida erkin tanlangan asar.

Arizalar 2026-yil 25-dekabrgacha qabul qilinadi. Tanlov natijalari esa 2027-yil 24-yanvar kuni soat 19:30 da Toshkentdagi «Xalqlar do'stligi» saroyida o'tadigan tantanali gala-konsertda e'lon qilinadi.

Yo'q, tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul. Hech qanday ro'yxatdan o'tish yoki ishtirok badali olinmaydi.

Fonogramma ustiga aytilgan yoki montaj qilingan videolar, shuningdek plagiat yoki texnik firibgarlik holatlari aniqlansa, ishtirokchi tanlovdan chetlashtiriladi.

Barcha savollar bo'yicha O'zbekiston Davlat filarmoniyasining Xorazm viloyat bo'linmasiga murojaat qiling. Telefon raqami va elektron pochta manzili sahifaning quyi qismida keltirilgan.